
"Barselona" osiyoliklardan uzr so‘radi
"Barcelona" Antuan Grizmann va Usmon Dembele bilan bog‘liq irqchilik mojarosi uchun rasman uzr so‘radi.
“Barselona” 2019 yilning yozida bo‘lib o‘tgan voqealardan norozi bo‘lgan barcha muxlislar va klub hamkorlaridan omma oldida uzr so‘ramoqchi. O‘shanda klubni boshqa odamlar boshqargan. Amaldagi direktorlar kengashi bunday holatlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun hamma narsani qilishga intilmoqda.
Klubimizda irqchilik va kamsitishlarga o‘rin yo‘q. Futbolchilar allaqachon o‘z afsuslari va uzrlarini bildirishdi. Ular klub uchun juda qadrli bo‘lgan yapon muxlislari va xodimlaridan uzr so‘rashdi.
"Barselona" zarur deb hisoblagan har qanday ichki choralarni ko‘rish huquqini o‘zida saqlab qoladi”, - deyiladi klub rasmiy saytidagi xabarda.
Fikrlar