
"Barselona" "Napoli" etakchisiga qiziqish bildirmoqda
"Napoli" vingeri Xvicha Kvaratsxeliya "Barselona"ning radarida.
22 yoshli futbolchiga Evropaning ko‘plab top-klublari qiziqish bildirmoqda, ammo kataloniyaliklar moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay, yaqin kelajakda “Napoli” yulduzi uchun kurashmoqchi. "Barselona" gruziyalik futbolchini 2024 yilda sotib olish rejasini tayyorlamoqda, deya xabar beradi "Fichajes" nashri.
"Transfermarkt" portali Xvicha Kvaratsxeliyaning narxini 85 million evroga baholamoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.
Kvaratsxeliya “Napoli” safida barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol va 18 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar