
"Barselona" muxlislari uchun xushxabar
Kataloniyaning "Barselona" klubi va hujumchi Lamin Yamal yangi mehnat shartnomasini imzolashga yaqin turibdi. Bu haqda "Mundo Deportivo" nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, tomonlar hamkorlikni 2030 yilgacha uzaytiradi. Mazkur bitim yozda rasman e’lon qilinishi mumkin.
Futbolchining agenti Jorje Mendesh mart oyi boshida "ko‘k-anorranglilar" rahbariyati bilan uchrashib, shartnomaning so‘nggi detallarini kelishib oladi.
Ma’lumot uchun, Laminning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etadi. Transfermarkt portali futbolchini 180 million evroga baholamoqda. Yamal joriy mavsumda 33 ta bahsda maydonga tushib, 11 ta gol va 16 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar