"Barselona" mehmondagi el-klasikoda o‘zgacha liboslarda maydonga tushadi

  • 24 sentabr, 2024, 18:34
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"  "Santyago Bernabeu"dagi el-klasikoda "Coldplay" liboslarini kiyadi.

"Diario Sport" nashrining xabariga ko‘ra, tomonlar bu borada kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra, Kataloniya jamoasi futbolchilari 27 oktyabr kuni "Real Madrid"ga qarshi o‘yinda ingliz rok guruhining maxsus logotipi tushirilgan futbolkalarda o‘ynaydi. Bu g‘oya "Barselona"ning Spotify platformasi bilan hamkorligi doirasida amalga oshiriladi.

Tecno

Eslatib o‘tish joiz, "Barselona" bir qancha muddat ilgari reper Dreyk, qo‘shiqchilar Rosaliya va Karol, shuningdek, "Rolling Stones" guruhi logotiplari tushirilgan formalarda ham o‘yinlarda harakat qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!