
"Barselona" Martinesni "variant"ga sotib olmoqchi. Chunki...
Kataloniyaning "Barselona" klubi "Inter" hujumchisi Lautaro Martinesni qo‘lga kiritishdan umidini uzmayapti.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "ko‘k-anor ranglilar" 22 yoshli argentinalik futbolchining shartnomasida ko‘rsatib o‘tilgan 111 million evrolik tovon pulini to‘lashga tayyor. Biroq, “Barsa” rahbariyati moliyaviy feyr-pley qoidasini buzmaslik uchun ushbu mablag‘ni qismlarga bo‘lib to‘lamoqchi.
Ma’lumot uchun, Martines joriy mavsum “Inter” safida 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va 16 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" asosiy hujumchilarini uzoq muddatga yo‘qotgani bois transfer oynasi yopilganiga qaramay unga yangi hujumchi sotib olish imkoniyati berildi.
Fikrlar