
"Barselona" "Manchester Siti" himoyachisini qo‘lga kiritmoqchi
"Barselona" "Manchester Siti" himoyachisi Joau Kanseluga qiziqish bildirmoqda. Ispaniyaning "Sport" nashri xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi 28 yoshli futbolchini yozda jamoaga olib kelishni rejalashtirgan.
Qayd etilishicha, "Barsa" Kanselu bilan ishlayotgan agent Xorxe Mendesh bilan yaxshi munosabatda. Bu fakt "ko‘k-anorranglilar"ning portugaliyalik himoyachi bilan kelishuvga erishish imkoniyatlarini oshiradi.
"Shaharliklar" a’zosi yozda klubini almashtirish haqida o‘ylamoqda. Chunki u "Manchester Siti"dan ko‘ra ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni xohlaydi. Bundan tashqari uning jamoa ustozi Pep Gvardiola bilan aloqalari ham yaxshi emas.
Ma’lumot uchun, "Transfermarkt" portpli ekspertlari Kanseluni 70 million evroga baholamoqda.
Fikrlar