
"Barselona" La Liga tarixiga kirdi
"Barselona" himoyachilari joriy mavsum La Ligada ajoyib harakat qilmoqda. Xavi shogirdlari chempionatning 16 o‘yinida o‘z darvozasidan atigi 6 ta gol o‘tkazib yuborgan. Bu La Liga tarixidagi eng yaxshi natijalardan biri.
"Atletiko" 2020/21 va "Barselona" 1986/87 yilgi mavsumda ham 16 uchrashuvda 6 ta to‘p o‘tkazgan. "Deportivo" 1993/94 yilgi chempionatda xuddi shunday davrda atigi 5 ta gol o‘tkazgan.
"Barsa" ishtirokidagi barcha bahslarda darvozani Mark-Andre ter Shtegen qo‘riqlagan. Bundan tashqari germaniyalik darvozabon 12 ta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Eslatib o‘tamiz, "ko‘k-anorranglilar" bu mavsum Ispaniya chempionatining 16-turiga kelib, 41 ochko to‘plagan holda turnir jadvalini boshqarmoqda.
Fikrlar