
"Barselona" Kubarsining tovon pulini bir milliard etib belgilamoqchi
"Barselona" rahbarlari va murabbiylari himoyachi Pau Kubarsining ko‘rasatayotgan o‘yinidan mamnun. "Marca" nashri xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" 17 yoshli iqtidorli futbolchiga yangi shartnoma taklif qilmoqchi.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar Kubarsi bilan hamkorlikni 2031 yilgacha uzaytirmoqchi. Bundan tashqari uning tovon pulini bir milliard evro etib belgilamoqchi. Pauning o‘zi ham Kataloniya jamoasida qolishni istaydi.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Kubarsi sakkizta uchrashuvda ishtirok etdi va ikkita sariq kartochka oldi.
Fikrlar