
"Barselona" Koutino masalasiga nuqta qo‘ydi
Yarim himoyachi Filippe Koutino katta ehtimol bilan tez orada "Barselona"ni tark etadi.
Diario Sport nashri xabariga ko‘ra, endi Kataloniya klubi braziliyalik futbolchiga boshqa imkoniyat bermaydi. "Barselona" rahbariyati bu masala bo‘yicha yakuniy qarorni qabul qildi: Koutino ketishi kerak.
“Barselona”ning futbolchidan hafsalasi pir bo‘lgan, chunki u doimo kutilganidan past darajada o‘yin ko‘rsatib keldi va tez-tez jarohat oldi.
Klub rahbariyatining asosiy maqsadi keraksiz futbolchilar bilan xayrlashish va shu orqali ish haqini kamaytirishdir. Shu sababli klub Koutinoni sotmoqchi, ammo unga deyarli takliflar yo‘q. Filippega premer-liga klublari qatori "Marsel"dan ham qiziqishlar mavjudligi haqida ma’lumotlar bor, ammo bu masala jiddiy takliflar qatoriga kirmasligi aytilmoqda.
“Barselona” Koutinoni 2018 yil yanvarda “Liverpul”dan 106 mln funtga sotib olgan edi. O‘tgan davr mobaynida u kataloniyaliklar tarkibida jami 64 ta o‘yinda maydonga tushdi va 14 ta gol urdi.
Fikrlar