"Barselona" Karimni sotib olmoqchi

  • 16 noyabr, 2021, 16:58
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida Karim Adeyemini sotib olmoqchi.

Tecno

"Sport1.de" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" germaniyalik futbolchi uchun 40 million evro to‘lashga tayyor. Klub uni og‘ir jarohat olib safdan chiqqan Serxio Agueroga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

19 yoshli hujumchiga, shuningdek, Dortmundning "Borussiya"si ham qiziqish bildiryapti. "Asalarilar" "Zaltsburg" yulduzi uchun 35 million evro to‘lashga tayyor. Dortmundliklar nemis futbolchisi uchun yiliga 5 million evro maosh va 5 yillik shartnoma taklif qilmoqchi.

Biroq kataloniyaliklar Karim uchun ko‘proq pul berishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Ammo "Borussiya" Adeyemi uchun favoritligicha qolmoqda. Boisi, nemis klubi yosh iste’dodlarni kashf etuvchi "fabrika" sifatida nom qozongan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!