
"Barselona" Ispaniya kubogida hech bir jamoa qayd etmagan natijaga erishdi
Xabaringiz bor, “Barselona” kecha Ispaniya kubogi yarim final javob bahsida “Sevilya”ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va garchi dastlabki o‘yinda 2:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan bo‘lsada, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra finalga yo‘l oldi.
MisterChip nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “ko‘k-anor ranglilar” ketma-ket 13 ta mavsumda Ispaniya kubogi finalida ishtirok etadigan tarixdagi ilk jamoaga aylandi.
Endi Ronald Kuman boshchiligidagi “Barselona” kubok finalida bugun bo‘ladigan “Levante” va “Atletik” Bilbao jamoalari g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar