“Barselona” ishsiz yurgan futbolchini olmoqda

  • 18 avgust, 2020, 13:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Nitstsa” bilan amaldagi shartnomasi 1 iyulda tugaganidan beri ishsiz yurgan Malang Sarr faoliyatini “Barselona”da davom ettirish imkoniga ega bo‘ldi.

Tecno

Ayni paytda kataloniyaliklar 21 yoshli himoyachi bilan muzokara o‘tkazmoqda. “Barselona” sport  direktori Erik Abidal jamoani yoshartirish maqsadida bu futbolchiga e’tibor qaratmoqda.

Kike Setening ishdan olinishi bu transferni barbod qilishi mumkin. Chunki Sarrning nomzod jamoani qabul qilib olishi kutilayotgan Ronald Kumanga ma’qul kelmaslik ehtimoli yuqori. Bu mutaxassis birinchi bo‘lib, “Ayaks” etakisi Donni van de Bekni transfer qilishni istamoqda.

Albatta, iste’dodli futbolchilardan hisoblangan Malang Sarr ham jamoasiz qolmaydi. Agar uni “Barselona”ga olishmasa, “Torino” variantini tanlash imkoni bor.

“Barsa”ning yangi bosh murabbiyi jamoaga yangi etakchi olib keladi

Messi uchta variantdan birini tanlaydi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!