
"Barselona" ikki futbolchisini sotib, "Yuventus" yulduzini oladi
"Barselona" mudofaa chizig‘idagi muammolardan qiynalmoqda.
Ispaniya OAVning xabar berishicha, kataloniyaliklar "Yuventus" futbolchisi Matteys de Digtni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Rahbariyat uning "ko‘k-anorranglilar" libosida barqaror o‘yin ko‘rsatishiga ishonmoqda. Ayni paytda "Barsa"ning stabil harakat qiladigan himoyachisi yo‘q.
Shuningdek, klub oldida yana bir muammo bor: de Ligt Kataloniyaga kelishi uchun Samuel Umtiti va Filippe Koutino ketishi lozim. Boisi, busiz moliyaviy feyr-pley qoidalari buziladi.
22 yoshli himoyachi 2019 yilda "Ayaks"dan "Yuventus" safiga borib qo‘shilgan edi. Uning narxi 70 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar