"Barselona" himoyachisi frantsuz klubi bilan shartnoma imzoladi

  • 6 iyul, 2019, 10:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Serxi Palensiya "Sent-Eten" bilan shartnoma imzoladi.

Tecno

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 23 yoshli futbolchining transferi frantsuz klubiga jami 3 mln evroga tushgan. Shundan 1 millioni bonus hisobida to‘lab beriladi. Palensiyaning o‘zi esa yangi jamoasi bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzolagan.

Ta’kidlash kerakki, Palensiya uchun Frantsiya chempionati begona emas. Boisi, u o‘tgan mavsumni “Bordo” safida ijarada o‘tkazdi va 31ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!