"Barselona" futbolchisini ijaraga berishga ham tayyor

  • 14 iyul, 2020, 20:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi rahbariyati frantsiyalik himoyachi Samuel Umtitini ijaraga bo‘lsa ham berib yuborishga tayyor.

Tecno

Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Umtitiga "Roma", "Napoli" va "Latsio" kabi A Seriya klublaridan qiziqishlar bor. Kataloniyaliklar aslida uni to‘liq sotib yuborishmoqchi, ammo Samuelning surunkali jarohat olishi sababli unga xaridor chiqmayapti.

26 yoshli Umtiti joriy mavsum “Barselona” safida 13 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!