
“Barselona” futbolchisidan voz kechdi
“Barselona” rahbariyati bosh murabbiy Xavining kelajak rejalariga kiritilmagan amerikalik himoyachi Serjino Destni sotib yuborishga qaror qildi.
Ma’lumotlarga qaraganda, kataloniyaliklar bu transferdan 30 million evro ishlab olishni mo‘ljallayapti.
Dest 2020 yili avvalgi bosh murabbiy Ronald Kuman talabi bilan olib kelingan edi. O‘shanda bu himoyachi uchun klub “Ayaks”ga 21 million evro to‘lagan.
Xavi sobiq murabbiy tanlagan o‘yinchilar bilan ishlamoqchi emas. Shuning uchun ham klub Serjinodan voz kechyapti. Kataloniyaliklar bilan yana uch yillik shartnomasi bo‘lgan himoyachi bu mavsum 31 marotaba maydonga tushdi va uchta golli pas uzatdi.
Fikrlar