
“Barselona” futbolchisi “Real”dan poshpana qidiryapti
Marca nashrining xabar berishicha, “Barselona” futbolchisi Gavining agenti “Real” ofisiga tashrif buyurdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, 17 yoshli o‘yinchi kataloniyaliklar bilan shartnomani uzaytirishdan bo‘sh tortgan. Agenti unga yangi ish joyi topish maqsadida Madridga borgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Gavining “Barselona” bilan amaldagi kelishuvi kelasi yili yakunlanadi. Agar klub mutasaddilari yozgacha uni yangi bitimga ko‘ndira olmasa, rahbariyat o‘yinchini yozda boshqa klubga sotib yuborishi kerak bo‘ladi.
Iste’dodli futbolchi joriy mavsumda klubi uchun barcha turnirlarda 32 marotaba maydonga tushib, ikkita gl va to‘rtta assist muallifi bo‘ldi.
Transfermarkt portali Gavini 40 million evroga baholamoqda.
Fikrlar