"Barselona" futbolchisi Madridga yo‘l olishi mumkin

  • 21 mart, 2022, 12:22
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletiko" "Barselona" himoyachisi Serxi Robertoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda "Sport.es" nashri yozmoqda. 

Roberto kataloniyaliklar bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti. Katta ehtimol bilan fullbek erkin agentga aylanadi. Bunday imkoniyatdan "matraschilar" foydalanib qolishga tayyor. 

Joriy mavsum Serxi Roberto La Ligada 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va bitta golga hammualliflik qilgan. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!