
"Barselona" futbolchilari ta’tilga chiqishdi
“Barselona” bosh murabbiyi Kike Seten Chempionlar ligasi pley-off uchrashuvlaridan avval asosiy jamoaga bir haftalik ta’til berdi.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” joriy mavsum La Ligada “Real”dan so‘ng 2-o‘rinni egalladi. Endi ularni oldinda EChLning 1/8 finalidan o‘rin olgan “Napoli”ga qarshi javob bahsi kutib turibdi. Ushbu jamoalarning dastlabki uchrashuvi 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan edi.
Bundan avvalroq UEFA esa Chempionlar ligasini 1/4 final bosqichidan boshlab Portugaliyada markazlashgan holda o‘tkazilishini e’lon qilgan edi.
Fikrlar