
"Barselona" futbolchilari nega o‘yinga samolyotda emas avtobusda bordi?
"Barselona" La Liganing 17-turidan o‘rin olgan "Ueska"ga (1:0) qarshi bahsida 30 ming evroni tejab qoldi. Bu haqda Onze TV xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “ko‘k-anor ranglilar” Ueskaga samolyotda emas avtobusda borgan. Gap shundaki, Kataloniya va Ueska shaharlariga samolyot ham, avtobus ham bir xil vaqtda boradi.
Bundan avvalroq, “Barselona”da moliyaviy inqiroz og‘irlashgani va shu sababli, rahbariyat futbolchilardan maoshni kamaytirishni so‘ragani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar