"Barselona" Filipe Luisni sotib olish fikridan qaytdi

  • 13 iyul, 2019, 09:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Atletiko” Madrid bilan shartnomasi yakunlangan himoyachi Filipe Luis "Barselona"ga o‘tmaydigan bo‘ldi. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra kataloniyaliklar braziliyalik futbolchiga uni sotib olmoqchi emasliklari haqida ma’lum qilishgan. Ularning bunday qarorga kelishiga Luisning yoshi kattaligi sabab bo‘lgan. Ta’kidlash kerakki, u avgustda 34 yoshga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Barselona” rahbariyati Filipe Luisni jamoaning chap qanot himoyachisi Jordi Albaga o‘rindosh sifatida ko‘rishayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, “ko‘k-anor ranglilar” yakunda nisbatan yoshroq futbolchini sotib olishga qaror qilishgan.

Qayd etish lozimki, Filipe Luisga hozirda “Lion” hamda “Flamengo” klublaridan qiziqishlar bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!