"Barselona" "Dinamo" futbolchisiga qiziqib qoldi

  • 14 sentabr, 2021, 16:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Moskvaning "Dinamo" klubi va Rossiya terma jamoasi yarim himoyachisi Arsen Zaxaryan "Barselona"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Tecno

Insayder Nobel Arustamyan tarqatgan xabarga qaraganda, "ko‘k-anor ranglilar" skautlari 18 yoshli futbolchini bir necha bor kuzatishgan.

Kataloniya klubi vakillari rossiyalik yarim himoyachining transferi bo‘yicha muzokara o‘tkazishga tayyor. Ularning boshlanishi yaqin haftalarga rejalashtirilgan.

Zaxaryanga shuningdek,  "Bryugge", "RB Leyptsig" va "Sassuolo" klublaridan ham qiziqishlar bor. Ammo uning o‘zi mavsum oxirigacha "Dinamo"da o‘ynamoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!