"Barselona" darvozaboni yozda jamoani tark etishi mumkin

  • 18 may, 15:07
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaliklar safida bir necha mavsumlar o‘tkazgan darvozabon Inyaki Penya joriy yilning yozida jamoani tark etishi kutilyapti. Jurnalist Matteo Morettoning xabariga ko‘ra, u Ispaniyadan tashqarida faoliyatini davom ettirishi ehtimoldan xoli emas.

Tecno

Ayni paytda unda "Barsa" bilan 2026 yilning 30 iyunigacha tuzilgan shartnoma bor. Ammo klub va futbolchi o‘rtasida yo‘llar ajralishi kutilyapti.

Bu mavsumda Penya 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 25 ta gol o‘tkazib yubordi va 6 uchrashuvda darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!