"Barselona" Dani Alvesning tibbiy tekshiruv natijalarini e’lon qildi

  • 15 noyabr, 2021, 17:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyalik himoyachi Dani Alves "Barselona"ga o‘tishdan oldingi tibbiy tekshiruvlardan muvaffaqiyatli o‘tdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Shu tariqa, 38 yoshli futbolchi tez orada “ko‘k-anor ranglilar”ning mashg‘ulotiga qo‘shiladi. 17 noyabr kuni "Kamp Nou"da Alvesning tanishtiruv marosimi bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Dani Alves bundan avval ham "Barselona" sharafini himoya qilgan. 2008-2016 yillarda shu jamoada o‘ynagan futbolchi 247 ta o‘yinda ishtirok etib, raqib darvozasiga 14 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!