“Barselona” Bundesliga chempioniga taklif bilan chiqdi

  • 28 avgust, 2024, 20:19
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” yozgi transferlar oynasi yopilguncha himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi. 

Tecno

“Mundo Deportivo” xabar berishicha, kataloniyaliklar “Bayer” himoyachisi Jonatan Ta ni sotib olishmoqchi. “Ko‘k-anorranglilar” Ta uchun 20 million evro va bunus sifatida 5 million evro taklif qilishdi. “Bayer” bo‘lsa, futbolchisini 30 million evrodan ko‘proqga sotmoqchi.

28 yoshli futbolchiga “Bavariya” ham qiziqish bildirmoqda. “Barselona” rahbariyati “Bayer” futbolchini Myunxen klubiga sotmasligiga ishonishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!