
"Barselona" bu yulduzni tezroq sotib yubormoqchi
"Barselona" Frenki de Yongning tezroq jamoani tark etishini istayapti.
"Relevo" nashrining ta’kidlashicha, kataloniyaliklar jamoadagi eng ko‘p maosh oluvchi gollandiyalik futbolchining maoshini o‘rinsiz deb hisoblashadi, ayniqsa uning muvaffaqiyatli bo‘lmagan o‘yinlari fonida.
Qayd etilishicha, "Blaugrana" jamoasi imkon bo‘lsa, yarim himoyachini ertaga sotgan bo‘lardi. Klub futbolchi uchun 45 million evroga rozi.
Yarim himoyachiga Saudiya Arabistoni jamoalaridan qiziqish mavjud. Futbolchining agenti allaqachon "Al-Ittihod," "Al-Ahli," "An-Nasr" va "Al-Hilol"ga o‘z mijozining xizmatlarini taklif qilgan.
Fikrlar