
"Barselona" braziliyalik yarim himoyachi uchun kurashga qo‘shildi
"Barselona"ning kelasi yozda amalga oshirishi mumkin bo‘lgan transferlar ro‘yxati shakllanmoqda. Deku keyingi yillarda klubda braziliyaliklar sonini ko‘paytirishni maqsad qilgan ko‘rinadi.
"Sport" nashri xabar berishicha, kataloniyaliklar "Aston Villa" a’zosi Duglas Luisga qiziqish bildirmoqda. Klub futbolchi uchun yozgi transferlar oynasida harakatni boshlaydi. Uning transferi taxminan 60 million evroga tushishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, yaqindagina Klaudio Echeverri uchun kurashdan "Barsa" chiqib ketgandi. Sababi, jamoa yarim himoyachining tovon puli 25 million evroni to‘lay olmasligi ma’lum bo‘lgan.
Fikrlar