"Barselona" birdaniga 3 futbolchisiga yangi shartnoma taklif qiladi

  • 23 dekabr, 2022, 15:09
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi tarkibdagi bir necha futbolchilar bilan shartnomani uzaytirmoqchi, bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi. Manbaga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" Markos Alonso, Ronald Arauxo hamda Gaviga yangi shartnoma taklif qilmoqchi. Bu borada muzokaralar yuqori bosqichga chiqqan.

Tecno

Ma’lumot uchun, Ispaniya chempionatining 14-turidan keyin Kataloniya klubi 37 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Xavi Ernandes shogirdlari ikkinchi o‘rindagi "Real"dan ikki ochkoga oldinda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, JCh o‘tgach, restartdan so‘ng ilk o‘yinda "ko‘k-anorranglilar" 31 dekabr kuni "Espanol" bilan to‘qnash keladi. "Real Madrid" esa 30 dekabr kuni "Real Valyadolid" bilan bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!