
“Barselona” bir yulduz uchun Levandovskidan voz kechadi
“Barselona” rahbariyati yozgi transferlar davrida jamoaning tajribali hujumchisi Robert Levandovskini sotib yuboradigan bo‘ldi.
Polshalik forvard jamoa o‘yinchilari orasida eng katta maosh oladi. Klub mutasaddilari Levandovskidan qutilgan taqdirda bir necha yangi o‘yinchilar olish imkoniga ega bo‘ladi.
Football Transfers nashrining xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar birinchi navbatda “Nyukasl” hujumkor futbolchisi Bruno Gimaraynshni transfe qilmoqchi. Braziliyalik legionerning o‘zi ham “Barselona”ga o‘tishga tayyorligini bildirgan.
Brunoni “Nyukasl”ning Chempionlar ligasida qayd etgan natijalari qoniqtirmayapti va u katta maqsadlar uchun kurashadigan klubga o‘tmoqchi.
Gimaraynsh “qarg‘alar” joriy mavsum yakuniga ko‘ra, Chempionlar ligasiga chiqa olishiga shubha bilan qarayapti va shu bois, “Barselona”ga yo‘l olishni ko‘zlab turibdi.
Fikrlar