
“Barselona” bir gol bilan “g‘alati” rekord o‘rnatdi
“Barselona” futbolchilari Evropa Chempionlar ligasining nimchorak final birinchi uchrashuvida “Benfika” jamoasi mehmoni bo‘ldi.
Uchrashuvning kulminatsion nuqtasi 22-daqiqaga to‘g‘ri keldi. Mehmonlar himoyachisi Pau Kubarsi raqib hujumchisiga qo‘llagan podkati qizil kartochka bilan “siylandi”.
Shunga qaramay, kataloniyaliklar Rafinyaning 61-daqiqada kiritgan goli evaziga uchrashuvni o‘z foydasiga hal qildi.
“Barselona” Evropa Chempionlar tarixida 69 daqiqa davomida bir kishi kam o‘ynab, g‘alabaga erishgan birinchi jamoa bo‘ldi.
Bundan tashqari, kataloniyaliklar to‘qqiz yildan beri ilk marotaba qit’aning eng nufuzli musobaqasi 1/8 finalida safardan g‘alaba bilan qaytdi. “Barsa” bu borada oxirgi g‘alabasini 2016 yilning 23 fevralida nishonlagan.
O‘shanda Lionel Messining dubli kataloniyaliklarga “Arsenal” ustidan muvaffaqiyat keltirgan edi.
Fikrlar