"Barselona" Arauxo bilan yangi shartnoma imzolamoqchi

  • 8 fevral, 2024, 21:18
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" himoyachi Ronald Arauxo bilan yangi kelishuv imzolamoqchi. Jurnalist Fernando Polo xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" tez orada 24 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi.

Tecno

Kataloniya grandi rahbariyati urugvaylik himoyachini klub kelajagining asosiy qismi deb hisoblaydi. Avvalroq Arauxo "Barselona" kelasi yozda xayrlashmoqchi bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatida ekanligi haqida xabar berilgandi.

Bundan tashqari qishda "Bavariya" futbolchini o‘z safiga qo‘yshib olishga harakat qildi. "Transfermarkt" portali Ronaldni 70 million evroga baholamoqda. Joriy mavsumda janubiy amerikalik futbolchi La Ligada 17 ta o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!