“Barselona” 6 futbolchini tanlab oldi. Qolganlarning hammasi sotiladi!

  • 25 fevral, 2023, 13:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati kelasi mavsum oldidan tarkibni tubdan yangilashga qaror qildi. Bu orqali klub xo‘jayinlari maoshlar fondini 200 million evrogacha qisqartirishni ko‘zlamoqda.

Tecno

El Nacional nashrining ta’kidlashicha, bosh murabbiy Xavi Ernandes o‘ziga kerak bo‘lgan olti nafar futbolchini tanlab olgan. Bu ro‘yxatga  Robert Levandovski, Ronald Arauxo, Pedri, Gavi, Jyul Kunde va Andreas Kristensen kiritildi.

Qolgan barcha futbolchilar bo‘yicha taklif bo‘lsa, klub ularni qo‘yib yuboradi. “Barselona” joriy mavsumda Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritishga yaqin turibdi.

Shunga qaramay, rahbariyat tarkibni yangilamoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!