
"Barselona" 4 ta futbolchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Barselona" rahbariyati jamoa himoyachisi Ronald Arauxo bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Avvalroq ma’lum bo‘lishicha, 25 yoshli futbolchi Inigo Martinesning jarohatidan so‘ng "Barselona"da qolishga rozilik bildirgan. "Barselona" endi Arauxo bilan yaxshilangan shartlarda shartnomani uzaytirishni taklif qilmoqda.
Shuningdek, yaqin vaqt ichida yangi shartnomalarga Lamin Yamal, Gavi va Pedri ham imzo qo‘yishlari kutilmoqda.
"Ko‘k-anorranglilar"ning navbatdagi o‘yini Ispaniya kubogi doirasida "Betis"ga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar