"Barsa"ning universal futbolchisi yozda APL klubiga o‘tishi mumkin

  • 8 mart, 2022, 11:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yarim himoyachisi Serxi Roberto Angliya klubiga o‘tishi mumkin, deb xabar bermoqda Mundo Deportivo.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, yaqinda 30 yoshga to‘lgan ispaniyalik futbolchi o‘zini APLda sinab ko‘rmoqchi. Bir vaqtning o‘zida bir nechta pozitsiyani yopa oladigan Robertoga "Arsenal"ga qiziqish bildirmoqda.

Serxi joriy mavsum “ko‘k-anorranglilar” safida 12 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ispaniyalik futbolchining “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi shu yozda yakuniga etadi. Uning ayni damdagi transfer narxi esa 9 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!