
"Barsa"ning sobiq o‘yinchisini Angliya grandlari talashmoqda
“Chelsi” va “Manchester Siti” chap qanot himoyasidagi muammolarni bartaraf etish uchun “Everton” himoyachisi Lyuk Dinni qo‘lga kiritishga harakat qilmoqda.
Aslida har ikki klub “Lester”dan Ben Chiluellni olmoqchi edi. Lekin “tulkilar” o‘z futbolchisi uchun 75 million funt talab qilmoqda va bu summa hozirgi sharoitda hech bir jamoani qoniqtirmaydi.
“Everton” joriy mavsumda 33 ta uchrashuv o‘tkazib, bitta gol va ettita golli pas muallifi bo‘lgan Dinni 28 million evroga transfer qilishga tayyor.
Fikrlar