
Bartomeuning asosiy maqsadi Neymar bo‘lib qolmoqda
"Barselona" prezidenti Jozep Bartomeuning asosiy maqsadi PSJ klubi xujumchisi Neymarning jamoaga transferini amalga oshirish ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqida Marca nashri xabar bermoqda.
Biroq Bartomeu ushbu ko‘chib o‘tish borasida bir necha muammolarga duch kelmoqda. Birinchi muammo - Neymarning transferni narxi 164 million evroga teng, koronavirus sababli yuzaga kelgan inqiroz "Barsa"ni bunday mablag‘ to‘la olmaslikka olib kelgan.
Ikkinchi muammo - Neymarning maoshi. PSJda u 70 million evro daromad topmoqda, "ko‘k-anor ranglilar" esa unga 20 milliondan ziyod taklif qila olishmayapti.
Fikrlar