“Barsa”ning katta transferi barbod bo‘lyapti

  • 1 iyul, 11:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” anchadan beri “Atletik” yulduzi Niko Uilyamsni olishga harakat qilmoqda. Bir yil muqaddam transfer amalga oshishi arafasida futbolchi Bilbaoda qolishni ma’qul topgan edi.

Tecno

Bu yoz esa muzokaralar jiddiy tarzda davom etdi. Biroq so‘nggi paytda tomonlar munosabatlarida muammolar yuzaga kela boshladi.

Mundo Deportivo nashrining yozishicha, muzokaralar to‘xtatilishiga bir necha sabablar bor. Ulardan biri 22 yoshli futbolchining agentlari kataloniyaliklardan kelasi mavsum uchun Uilyamsni La Liga ro‘yxatidan o‘tkazishni kafolatlashni talab qilayotgani bo‘ldi.

Ma’lumki, “Barselona” bir necha yildan beri La Liganing moliyaviy feyr-pley bo‘yicha talablarini bajarishga qiynalib keladi. Xususan, kataloniyaliklar bir yil muqaddam Dani Olmoni transfer qilib, uni chempionat qaydnomasidan o‘tkazishda muammolarga duch kelgandi.

Vaziyatni inobatga olgan holda, “Barselona” ayni paytda Niko Uilyamsni yangi mavsum uchun ro‘yxatdan o‘tkazishni kafolatlay olmaydi. Bu esa, transfer bo‘yicha har qanday muzokaralarni to‘xtatilishi uchun asosli sabab bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!