
"Barsa"ning ikki himoyachisi "Yuventus"ga taklif qilindi
"Barselona" bir nechta transferlarni amalga oshirish uchun ayrim futbolchilarni sotishiga to‘g‘ri keladi. Klub Erik Garsiya va Klemen Langleni "Yuventus"ga taklif qildi, deya xabar bermoqda "Diario Sport" nashri.
Manbaning ta’kidlashicha, turinliklar ushbu yozda himoyani kuchaytirishga urinmoqda. Klub radariga "Manchester Siti" vakili Aymerik Lyaport ham tushgan.
Ma’lumot uchun, Garsiya 2021 yilda erkin agent sifatida "Barsa"ga o‘tgan. U ayni vaqtga kelib zaxira futbolchisiga aylanib qoldi. Shuningdek, Langle ham asosiy tarkibdan tushib qoldi. Uni "Tottenxem" ham o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi, lekin Ispaniya klubi bilan kelisha olmayapti.
Fikrlar