
“Barsa”ning bozori chaqqon
Evropada yakunlangan transfer bozori statistikasiga ko‘ra, “Barselona”, “Napoli” va “Ayaks” transferlardan eng ko‘p daromad ko‘rgan jamoalar uchligini tashkil qildi.
Kataloniyaliklar olti nafar o‘yinchi transferidan 126,5 million evro ishlab oldi. “Barsa” sotgan eng qimmat futbolchi Artur bo‘ldi. “Yuventus” braziliyalik futbolchi uchun 72 million evro sarflagani rasmiylashtirilgan. Biroq, turinliklar Miralem Pyanichni “Barsa”ga qariyb 60 million evroga sotgani uchun Arturning transferi “Yuve”ga og‘irlik qilmadi.
Shuningdek, Nelson Semeduni “Vulverxempton”ga (30 million evro), Karles Peres “Roma”ga (11 mln), Mark Kukarelya “Xetafe”ga (10 mln), Ivan Rakitich “Sevilya”ga (1,5 mln) ga sotib yuborildi. Jan-Kler Todibo esa 2 million evro evaziga “Benfika”ga ijaraga jo‘natildi.
“Napoli” bu transferlar bozorida 11 nafar futbolchini eksport qilib, 114,8 million evro ishlab oldi. “Ayaks” klubi esa, to‘rt nafar futbolchisini 101 million evroga pulladi.
Fikrlar