
"Barsa"ning 17 yoshli futbolchisi uchun Evropa grandi 50 mln evrodan voz kechishga tayyor
Jurnalist Kristian Falkning xabar berishicha, "Bavariya" "Barselona" yarim himoyachisi Gaviga qiziqish bildirmoqda.
Insayder xabariga ko‘ra, Myunxen klubi 17 yoshli ispaniyalik futbolchini 50 million evroga sotib olishga tayyor. Aytish kerakki, Gavining “Barsa” bilan imzolagan shartnomasida ham aynan mana shuncha miqdorda tovon puli belgilangan.
“Ko‘k-anorranglilar” iste’dodli futbolchi bilan 2023 yilda yakuniga etadigan shartnomani bir necha oy davomida uzaytirishga urinib ko‘rishdi, ammo hozircha muvaffaqiyatga erisha olmadi.
Gavi bu mavsumda "Barsa" safida debyut qildi va 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar