
“Barsa”ga kerak bo‘lmay qolgan yulduz “Arsenal”ga o‘tishni istamadi
“Barselona” rahbariyati tarkibni yoshartirish maqsadida jamoa sardori Serxi Roberto bilan xayrlashishga qaror qilgan.
Bu vaziyatdan foydalanib qolishni ko‘zlagan “Arsenal” Serxi Robertoni so‘rab, kataloniyaliklarga murojaat qildi.
“Kanonirlar” bosh murabbiyi Mikel Arteta 31 yoshli himoyachini yanvar oyidayoq o‘z jamoasida ko‘rishni istayapti va uning iqtidorini yuqori baholayapti.
Biroq Roberto bu transferga ko‘nmadi. Tajribali o‘yinchi mavsumni “Barselona”da yakunlashga qaror qilgan.
Asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotgan Serxi Roberto “Barselona” mutasaddilari bilan kelajagi haqida gaplashib olmoqchi. Agar unga imkoniyat berilmaydigan bo‘lsa, himoyachi Angliya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tishga qarshilik qilmaydi.
Fikrlar