“Barsa”dan ketadigan yulduzlar aniq. Ularni oladigan jamoalar ham!

  • 30 may, 2021, 17:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” yozda bir qator yulduzlarini ketkazib yuboradi.

Tecno

Ketadiganlar orasida Jordi Alba, Serxi Buskets, Serji Roberto, Antuan Grizmann, Filippe Koutino va Usman Dembele borligi aytilmoqda.

Buskets faoliyatini “Bavariya”da davom ettirishga yaqin. Grizmanni PSJda, Albani “Atletiko”da kutishmoqda. Kataloniyaliklar Koutinoni “Liverpul”ga taklif qilmoqda, biroq unga “Arsenal” va “Everton” ham xaridor.

Yuqorida nomi zikr etilgan futbolchilardan farqli ravishda Usmon Dembele yosh o‘yinchi hisoblanadi va uning xaridorlari ko‘proq.

Roberto esa maoshining yarmidan ko‘prog‘idan voz kechsa, Kataloniyada qolishi mumkin ekan. Lekin unga Frantsiyadan foydali takliflar bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!