
"Barsa"dan ajoyib natija!
"Barselona" jamoasi oxirgi o‘yinlarda ajoyib g‘alabalar qayd etmoqda. Jumladan, kecha klub Evropa ligasi doirasida turnir favoritlaridan biri bo‘lgan "Napoli"ni musobaqadan chiqarib yubordi.
"Ko‘k-anorranglilar" italyan klubini umumiy 5:3 (1:1, 4:2) hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Shu tariqa, kataloniyaliklar so‘nggi 5 o‘yinning uchtasida raqib darvozasiga 4tadan gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Bungacha "Barselona" "Atletiko" (4:2) va "Valensiya" (4:1) bilan bo‘lib o‘tgan bahslarda 4tadan gol urgan edi. Qayd etish lozim, Xavi boshchiligida jamoa ajoyib sermahsullik ko‘rsatmoqda.
Fikrlar