
“Barsa” zo‘r hujumchi transferini to‘xtatdi
“Barselona” qishki transferlar vaqtida “Bazel” hujumchisi Artur Kabralni olmoqchi edi. Biroq, kataloniyaliklar bu transfer bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, bunga iste’dodli futbolchi “Barselona” o‘yinchilariga murabbiylar shtabi tomonidan qo‘yiladigan talablarning barchasiga ham mos tushmasligi sabab qilib ko‘rsatilgan.
Kabral o‘tgan mavsumda 18 ta gol bilan “Bazel”ning eng yaxshi to‘purari bo‘lgandi. Joriy mavsumda esa, 25 yoshli hujumchi samaradorligini oshirdi. U o‘z jamoasi safida 27 ta bahsda qatnashib, raqiblar darvozasini 25 marotaba ishg‘ol qildi.
“Bazel” bilan 2023 yilning yarmiga davom etadigan shartnomaga ega bo‘lgan braziliyalik to‘purarning transfer summasi 15 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar