“Barsa” zo‘r futbolchini ushlab qololmaydi

  • 29 mart, 2022, 11:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” ortidan Angliyaning yana ikki klubi – “Arsenal” va “Chelsi” ham “Barselona” bilan kelisha olmayotgan Ronald Arauxo uchun kurashga qo‘shildi.

Tecno

22 yoshli urugvaylik himoyachining kataloniyaliklar bilan hamkorligi kelasi yili yakunlanadi. Klub mutasaddilari futbolchi talab qilayotgan maoshni bermoqchi emas. Gavi bilan muzokaralarda ham xuddi shu holat kuzatilmoqda.

Yaqinda “ Barselona” prezidenti Joan Laporta futbolchining maoshi qayta ko‘rib chiqilishini aytgandi.

 Ma’lumotlarga qaraganda, Ronald Arauxo yiliga besh million evro maoshga ko‘nmayapti. “Manchester Yunayted” bu himoyachi uchun har mavsum 10 million evrodan to‘lashini ma’lum qilgan. Katta ehtimol bilan urugvaylik o‘yinchi Angliya jamoalaridan birining taklifini qabul qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!