“Barsa” yulduzlari o‘rniga tanilmagan yoshlarni olmoqda

  • 27 may, 2021, 10:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman yozda o‘z mamlakatidan “AZ-Alkmaar” himoyachisi Ouen Veyndalni olib kelmoqchi.

Tecno

Kataloniyaliklar yangi mavsum oldidan tarkibni sezilarli darajada yoshartirishni rejalashtirmoqda. Shu maqsadda, 21 yoshli Veyndal “Barsa” yulduzi Jordi Albaning o‘rnini egallashi kutilyapti.

Qanot himoyachisi transferi uchun mablag‘ topish maqsadida kataloniyaliklar xuddi shu pozitsiyada o‘ynaydigan Junior Firponi sotib yuborishga tayyor.

Niderlandiya klubi bilan yana ikki yillik shartnomaga ega bo‘lgan Ouen Veyndalning transferi 15 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!