“Barsa” yulduzi soxta fanatlardan shikoyat qildi

  • 15 oktabr, 2023, 13:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” himoyachisi Joau Kanselu yosh muxlisiga avtograf bermaganini ortidan kelib chiqqan mojarodan keyin nega bunday qilganini ochiqladi.

Tecno

- Kommentariyalardagi ahmoqona izohlar ko‘payib ketganini inobatga olib, ayrim narsalarni gapirmasam bo‘lmaydi.

Birinchidan, ular muxlislar emas, 20 yoshli “bolakay”lar. Ular har kuni meni mashg‘ulotlar markazi atrofida, parkda oilam bilan sayr qilib yurganimda kutib turgan bo‘ladi.

Ikkinchidan, ular stikerlarga, futbolkalarga avtograf qo‘yib berishimni so‘raydi. Keyin bu narsalarni sotib yuboradi. Bu holat har kuni takrorlanadi. Har gal bir xil odamlar shunday qiladi. Insonning shaxsiy hayoti borligini inobatga olmaydigan odamlar  ham bor.

Tanqid qilayotgan odamlar, iltimos, komment yozishdan oldin haqiqiy holatni aniqlashtirib olinglar. Chunki haqiqiy muxlislar hurmat qilishni biladi, - dedi Joau Kanselu.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!