“Barsa” yulduzi futboldan ketishi kutilyapti

  • 8 fevral, 2022, 19:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning asosiy yulduzlaridan Jerar Pike mavsum oxirida katta futboldagi faoliyatini tugatishi mumkinligi aytilmoqda.

Tecno

Esport3 nashrining xabar berishicha, tajribali himoyachining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yarmigacha imzolangan. Biroq, Pike bu bitimni oxirigacha etkazmasligi mumkin.

Manbalar “Barselona” mutasaddilari uning o‘rniga kuchli markaziy himoyachi qidirayotganini ta’kidlayapti. Pikening o‘zi pul topish uchun to‘p tepayotgani yo‘q. Futbolchi ancha uddaburon biznesmen hisoblanadi va mehmonxonalari tarmog‘idan tortib, bir qator katta loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Pike futboldan ketib, bor e’tiborini tijoriy ishlariga qaratmoqchiligi aytilyapti.

Jerar Pike 2008 yildan beri Kataloniya superklubi sharafini sadoqat bilan himoya qilib kelmoqda. U jamoaning eng ta’siri kuchli o‘yinchilaridan hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!