
"Barsa" vunderkindi grandlar nishonida
"Barselona"ning 17 yoshli futbolchisi Gavi tobora ko‘p klublar etiborini tortmoqda. Ayni paytda, u ko‘rsatayotgan harakatlar top jamoalar diqqat markazida bo‘lib turibdi.
Jumladan, "Liverpul", "Manchester Siti", "Bavariya" va "Chelsi" jamoalari ispaniyalik iqtidorni o‘z safiga qo‘shib olishni niyat qilgan. Lekin yarim himoyachi "blaugranas" safini tark etmoqchi emas.
"Transfermarkt" portalida futbolchining bahosi 40 million evro etib belgilangan.
Statistikaga ko‘ra, Gavi La Ligadagi 17 ta o‘yinda 1 gol va 3 assist muallifiga aylangan.
Fikrlar