"Barsa" va "Real" prezidentlari Madridda muhim masalani muhokama qiladi

  • 15 dekabr, 2022, 10:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

16 dekabr, juma kuni Madridda "Barselona" va "Real" prezidentlari uchrashadi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, Florentino Peres va Joan Laporta poytaxtda tashkil etiladigan nonushta paytida barbod bo‘lgan Superliga loyihasining kelajagi haqida gaplashishadi. Unda “Yuventus”ning sobiq prezidenti Andrea Anelli ham ishtirok etadi.

Ushbu uchrashuvda Superliga bosh direktori Bernd Reyxart va UEFA hamda FIFAga qarshi ishni olib borayotgan Klifford Chance advokatlik firmasi vakili Luis Alonso ma’ruza qilishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!